Saytimning ochilganiga bo'ldi.

      Men bundan judayam hursandman! Buning uchun sizga o'z minnatdorchiligimni bildiraman! Saytimning aziz mehmonlari, men bu saytning har bir sahifasini, har bir so'zini ko'p o'ylab, tahlil qilib yozganman. Siz ham saytdagi ma`lumotlarni shoshilmasdan, tushunib va tahlil qilib o'qiysiz degan umiddaman. Saytning qayerida kamchiliklari bo'lsa, yoki uning sifati yanada yahshiroq bo'lishiga sizning taklif va mulohazalaringiz bo'lsa marhamat qilib, saytning "Mehmonxona" bolimiga yozib yuboring!




Tarjimai hol

       Men - Sobirov Elyorbek Baxtiyorovich 1989 yil 7 may kuni Xorazm viloyati Xiva shahrida xizmatchilar oilasida tug'ilganman. 1995 yilda Xiva shahridagi 11-son Al-Xorazmiy nomli o'rta maktabning 1-sinfiga qabul qilindim. Akam Sobirov Doniyor va opam Sobirova Lolaxonlarga havas qilib, ularning izidan bordim. O'qish davomida bir nechta fahriy yorliqlarni qo'lga kiritib, ustozlarimning maqtovlariga sazovor bo'ldim. O'rta maktabni 2006 yilda a'lo baholar bilan tamomlab, Toshkent Davlat Yuridik institutiga xujjat topshirdim. Test sinovlaridan o'ta olmadim. 2007 va 2008 yillar ham xuddi shu holat takrorlandi. 2009 yilda Toshkent Davlat Yuridik institutiga kirish imtihonlarini (test sinovlarini) muvafoqiyatli topshirib, talaba degan ulug' nomga sazovor bo'ldim. Men bugungi kunda eng baxtli insonlardan biriman. O'qishlarim davom etyapdi. Men esa ustozlarim berayotgan bilimlarni yaxshi o'zlashtirib, faqat olg'a intilishga harakat qilaman. Hali orzularim bir talay...


Hosted by uCoz