Assalomu alaykum qadrli otajon va mehribon onajonim! Sizlarga o’z minnatdorchiligimni va kattadan katta rahmatimni aytmoqchiman! Sizlar meni dunyoga keltirdingizlar, yaxshi tarbiya berib ulg’aytirdingiz va mana endi o’qityapsizlar, sizlardan judayam minnatdorman! Sizlarga qancha hurmat va ehtirom aylasam ham kamlik qiladi! Agarda sizlar qo’llab quvvatlamaganingizda men bu darajagacha yetmagan bo’lar edim! Ollohga shukur hech kimdan kam qilmasdan o’stirib ulg’aytirdingizlar va sizlar tufayli odamlar orasida o’z o’rnimni topdim deb fahrlanib aytishim mumkin! Bu dunyoda qanchadan qancha ota- onalar bor, lekin o’ylaymanki, hech bir ota-ona sizlarday bo’lolmaydi. Eslaysizmi onajon bolalik davrimda do’stlarim chaqirib kelishar edi, siz bilan uyda o’tirmasdan, do’stlarim bilan o’ynashga ko’chaga chiqib ketar edim. Endi bildimki, shu do’stlarimning barchasi jam bo’lsa xam sizday bo’la olmaydilar. Inson uyidan, oilasidan, yurtidan uzoqda bo’lsa ularni qadriga yetar ekan. Aytishadiku oldingdan oqqan suvni qadri yo’q deb. Men ham ulg’ayib ko’p narsani tushunib yetdim. Men ham barcha qatori oldimga ko’pgina maqsadlar rejalashtirib qo’yganman. Bilasizmi shulardan meni birinchi orzuyim sizlarni muborak xaj safariga jo’natish. Kelajakda xudo xohlasa men sizlar orzu qilgandek farzand bo’lib yetishga va qo’limdan kelgan bacha imkoniyatimdan foydalanishga harakat qilaman. Men sizlar bilan fahrlanaman. Sizlar 3 ta farzandni voyaga yetkazdingiz. Mana o’sha daraxtni mevalari pishib endi ularni rohatini ko’radigan vaqti keldi. Men ham akamni izidan borib adashmadim, chunki akam ham menga bor mehrini va qo’lidan kelgan barcha narsalarni o’rgatdi. Men sizlardan uzoqdaligimda akajonim sizlarni yo’qliginggizni bildirmay meni tarbiyamga va o’qishimga alohida e’tiborda bo’ldi. Akam meni urishib bergan paytlarda men akamni yomon ko’rardim, lekin ulg’ayib shuni tushundimki u bejizga menga urushmas ekan, meni foydamni ko’zlab, kelajakda xato qilmasligim uchun jonini kuydirar ekan, men buni endi tushunib yetdim. Men kichik farzand ekanligimdan juda baxtliman chunki akam va opamdan oldin farzand yo’qligi sababli ular o’z yo’lini o’zlari topishdi, sizlarni yordaminggiz bilan, albatta. Akam va opam yo’lida uchragan to’siqlarni qanday olib tashlash kerakligini menga tushuntirishadi, ya’ni ular duch kelgan muammolarga men duch kelmasligim uchun o’z maslahatlarini beradilar, hayotda unday bo’lma bunday odam bo’l, u ishni qilma bu ishni qil deb o’z maslahatlarini berishadi. Men oilamiz bilan juda fahrlanaman va sizlardan juda juda minnatdorman. Men bir narsani juda ko’p o’ylayman agar siz meni yoshligimda tarbiyamga e’tibor bermasanggiz, men kim bilsin qanday bola bo’lar edim. Men ham balki ko’cha bolalariga o’xshab bezorilik qilib yurgan bo’larmidim. Xudoga shukur o’qishga kirdim xudo xohlasa Respublika Prakuraturasiga ham kirishni oldimga maqsad qilib qo’yganman. Men maqsadlarimga albatta erishaman chunki meni shunday mehribon oilam bor. Shu oilam menga dalda bo’ladi va men kelajakda albatta hamma maqsadimga erishib jamiyatga, yurtimga foydasi tegadigan yetuk mutaxasis bo’lib yetishaman. Shunda sizlar ham men bilan fahrlanib yurasizlar bu mening o’g’lim deb. Menga shundan ortiq baxtning keragi yo’q. Sizlar xursand bo’lib duo qilib tursanggiz bo’ldi.


Dunyoda tirik jon borki, xozirgi zamonda tabaqalanish mavjud bo’lib kelyapdi. Chunki men o’zim shu narsalarga guvoh bo’lib kelyapman. Masalan hayotdan misol olaylik Tasavvur qiling siz o’rtahol oilani farzandisiz, qarangki ko’ngilga buyruq berib bo’lmaydi deganlaridek siz bir boy oilani farzandini sevib qoldingiz. Usiz yasholmaydigan, bir kun ko’rmasangiz yuragingiz g’ash bo’ladigan, hayolingizdan chiqarolmaydigan bo’ldingiz. Qarangki, bu xayotdagi shod hurramlik xarakter umuman teskariga aylanib ketdi. Oldingi shod hurramlik oldingi sho’xliklar xammasi o’zgaradi faqatgina o’ychan va faqat qayg’uli bo’lib qolasiz. Buni ko’rgan ota onanggiz va yaqinlaringiz nima bo’layotganini tushunmasdan sizni o’rtaga olib so’rashadi, siz o’sha qizni sevib qolganingizni aytasiz shunda ota onangiz hursand bo’ladi va ertasigayoq sovchilikka boradi qarangki ular boy oila, siz oddiy oiladansiz shunda qizni ota onasi yo’q degan javobini beradi. Onanggiz kayfiyati tushgan holda uyga qaytadi bu gapni eshitasizu kayfiyatingiz tushib o’ylashni boshlaysiz “nimaga menga qizini bermadi, nima meni aybim oddiy oiladan bo’lganimmi” degan fikr miyasiga o’rnashib qoladi va yomon yo’llarga qadam qo’yishni boshlaydi. Oson daromad keladigan yo’lni izlaydi. Qarabsizki gulday bolani hayoti faqat qora illatlardan iborat bo’lib qoladi. Albatta, bunaqa ishlarni oxiri yaxshilik bilan tugamagan va tugamaydi ham. Shu inson ham qanchadan qancha insonni xayotini zaxarlashini tasavvur xam qilolmaysiz. Xulosa qilib aytish mumkinki bitta qizni oilasi deb qancha begunoh insonlar xayoti buzilib ketyapdi. Men o’ylanib qolaman shu boylik kimga baxt berar ekan shunga xaligacha javob topolmadim. Bir qancha ota onalar o’z qizini baxtini boylikda deb xisoblaydilar. Qizini boy oilaga berishni xohlaydilar, lekin ular bir narsani tushunishmaydi. Boylik odamni baxtli qilolmasligini anglamaganlar, ularga tagida mashinasi, dang’illama uchastkada yashash va qimatbaho kiyimlarni kiyib xohlagan maishatini qilish baxt deb o’ylashadi. Lekin ular judayam katta xato qilishadi. Aslida baxtli qiladigan narsa boylik emas mehr muhabbat, bir biriga ishonch va hurmat xisoblanadi. Hurmatli ota onalar sizlar bir narsani tushunib yetinglar boylikni deb gulday qizinggizni baxtsiz qilmang. Shunday odamlar borki, oddiy oiladan bo’lsa ham o’zini keyingi hayotini o’zi belgilab o’nglab olishga intiladilar. Boylik bugun bo’lsa ertaga yo’q o’shani uchun hech bir inson boyligiga ishonmasligini maslahat berardim.

Hosted by uCoz